«Vest Hem» shveytsariyalik hujumchi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Londonning «Vest Hem» klubi murabbiyi Devid Moyes «Myunxengladbax» hujumchisi Brel Embolo transferini amalga oshirmoqchi. Klub insayderining ta'kidlashicha, murabbiy ushbu yoz transferlar oynasi yakuniga qadar qanday bo'lmasin hujumchisi Maykl Antonioga sherik topishga harakat qilmoqda. Shu tufayli 24 yoshli shveytsariyalik futbolchi xizmatlariga qiziqish bildirgan.
Ma'lumot uchun, Embolo 2019 yilda «Shalke 04»dan «Myunxengladbax»ga kelib qo'shilgan va 75 ta o'yinda qatnashib, 28 ta golda bevosita ishtirok etgan.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
123