Barchasi yakunlanishiga oz qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 200

«Aston Villa» va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jek Grilish «Manchester Siti»ga o'tishga yaqin turibdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, «shaharliklar» kechadan buyon muzokaralar olib bormoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchini sotib olish taklifi allaqachon berilgan, ammo muzokaralar davom etmoqda.
Shuningdek, qayd etilishicha, «Aston Villa» o'z etakchisini saqlab qolmoqchi va shu sababli unga katta maosh bilan shartnomani uzaytirish taklifini bergan.
Biroq, futbolchining o'zi klubdan ketmoqchiligini yashirmagan.

Bosh sahifaga
296