"Milan" "Chelsi" futbolchisi bilan aloqada
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

"Milan" Xakan Chalxanoglu jamoadan ketgandan so'ng, yarim himoyachi qidirish ishlarini davom ettirmoqda.
"MilanNews"ning "La Gazzetta dello Sport" nashriga tayanib xabar berishicha, "rossonerilar" "Chelsi" futbolchisi Xakim Zieshning agentlari bilan aloqada. Qayd etilishicha, 28 yoshli futbolchi Italiya klubiga o'tishga qiziqmoqda.
Ikki klub o'rtasidagi yaxshi aloqalar bu transferni osonlashtirishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, shu yozda Fikayo Tomori va Olive Jiru "aristokratlar" safidan "Milan"ga ko'chib o'tdi.

Bosh sahifaga
232