«Sassuolo» Lokatelliga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

«Sassuolo» klubi Braziliyaning «Gremio» klubi yarimhimoyachisi Metyus Enrike transferini amalga oshirishi mumkin. Italiyalik jurnalist Nikolo Shkira fikriga ko'ra, 15 million evrolik taklifni Braziliya klubi qabul qilishga yaqin turibdi. Italyan klubi ushbu futbolchini Lokatelli o'rniga xarid qilishni niyat qilgan.
Hozirda Meytus Braziliya terma jamoasi tarkibida Tokiodagi Olimpiada o'yinlarida ishtirok etmoqda. 23 yoshli futbolchi «Gremio» tarkibida 112 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol hamda 3 ta assistni rasmiylashtirgan.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
230