«Benfika» futbolchisi transferidan «Barselona» 3 million evro ishlab olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

«Benfika» hujumchisi Aleks Girmaldo Italiyaning «Latsio» klubiga o'tishi mumkin. Ispan nashri «Todo Fichajes»ning xabariga ko'ra, hozirga kelib portugal klubi moliyaviy muammolar girdobida qolgan. Shu sabab bir nechta futbolchilari, jumladan sobiq «Barsa» futbolchisini ham sotishga tayyor.
Xabarda Girmaldoning transfer narxi 20 million evro bo'lishi aytilgan. Agar u shuncha qiymatga sotilsa, u holda «Barselona» pulning 15 foizi, ya'ni 3 million evroni olishga haqli bo'ladi. Chunki dastlabki shartnomada shunday bandlar mavjud. Bu esa moliyaviy inqirozda bo'lgan kataloniyaliklarga sal bo'lsa ham taskin beradi.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
228