"Sevilya" Jyul Kundening narxini oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

"Sevilya" Londonning "Chelsi" klubi sotib olmoqchi bo'lgan himoyachisi Jyul Kundening narxini oshirdi, deya xabar beradi Goal nashri.
Manbaga ko'ra, ispan klubi Kunde uchun 80 million evro olmoqchi. Shu bilan birga, "Sevilya" "Chelsi" futbolchilarini shartnomaga qo'shilishiga qarshi.
22 yoshli Kunde o'tgan mavsumda "Sevilya" tarkibida barcha turnirlarda 49 uchrashuv o'tkazib, to'rtta gol urgan va bitta golli uzatma bergan. Uning klub bilan shartnomasi 2024-yilning yozigacha amal qiladi.

Bosh sahifaga
241