«Norvich Siti» klubi o'z tarixidagi eng qimmat transferga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

APL debyutanti «Norvich Siti» klubi «PAOK» va Gretsiya terma jamoasi a'zosi Kristos Tsolis uchun 10 million funt taklif qilishi mumkin. O'tgan mavsumdagi ajoyib o'yinlari tufayli yunonistonlik 19 yoshli vinger Evropaning grant klublari nazariga tushgan. «Football Insider» xabariga ko'ra, «MYu» va «Borussiya Dortmund» klublari ham Tsolis uchun yaxshi taklif bilan chiqishi mumkin.
Agar «kanareykalar» ushbu transferni muvaffaqiyatli amalga oshirsa, bu xarid klub tarixidagi eng qimmatiga aylanadi. Tsolis o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta assist muallifiga aylangan.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
133