Dest transferi amalga oshmaydigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

«Arsenal» «Barselona» futbolchisi Serjio Dest transferi bo'yicha harakatlarini yakunladi. Ispaniyaning «Sport» nashri xabariga ko'ra, «to'pchilar» tarkibida Ektor Belerinning qolish ehtimoli yuqoriligidan, Dest bo'yicha transfer harakatlari to'xtatilgan.
Futbolchi «Kamp Nou»dagi faoliyatidan ko'ngli to'lmayotgani va jamoasini almashtirishi mumkinligi aytilgan edi. Shuningdek, xabarda amerikalik futbolchiga «Dortmund» hamda «Monako» klublari qiziqish bildirayotgani ma'lum qilingan.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
289