«Everton» klubiga niderlandiyalik himoyachi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

«Everton» klubi niderlandiyalik himoyachi Stefan de Vrey transferini amalga oshirmoqchi. «Sportwitness» nashri xabariga ko'ra, liverpulliklar futbolchi agenti Mino Rayola bilan ushbu transfer amaliyoti bo'yicha bog'lanishgan.
«Inter» de Vreyni sotishni istamayotgan bo'lsada, har ikki tomon potentsial xarid masalasini ko'rib chiqmoqda. Milanliklarda moliyaviy muammo borligi sababli «Everton»ning taklif etadigan narxiga qarab himoyachi transfer masalasi ijobiy tomonga siljishi mumkin.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
241