«Chelsi» Kundening transferi bo'yicha muzokaralarni boshlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

«Sevilya» himoyachisi Jyul Kunde APLga o'tishi mumkin.
Taniqli jurnalist va insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, «Chelsi» Ispaniya klubi bilan 22 yoshli frantsuzning transferi bo'yicha rasmiy muzokaralarni boshladi.
Qayd etilishicha, Kunde «Chelsi»ga o'tishga tayyor.
Oldinroq Kunde Angliyaning etakchi klublaridan biriga o'tishni istamagani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, Transfermarket portali frantsuz futbolchisining narxini 60 million evroga baholagan.

Bosh sahifaga
267