«Roma»ga Eron terma jamoasi futolchisi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

«Il Romanista» nashrining ta'kidlashicha, Rimning «Roma» klubi ushbu yozda eronlik hujumchi Serdar Azmun bilan shartnoma imzolamoqchi.
Manbaning xabar berishicha, «Zenit» «Roma»ning 18 million evro miqdoridagi futbolchi uchun birinchi taklifini rad etgan. Sankt-Peterburg klubi kamida 25 million atrofida mablag' talab qilgan.
Rim klubi esa ushbu shartnomaga o'z futbolchilaridan birini kiritishga tayyor: Bular - darvozabon Robin Olsen, yarim himoyachi Stiven Nzonzi yoki vinger Pedro.
Ma'lumotlarga ko'ra, Serdar trasferini rimliklar ustozi Joze Mourinoning shaxsan o'zi xohlagan va yaqin kunlarda «Roma» yana yangi taklif tayyorlamoqchi.

Bosh sahifaga
183