«Yuventus» «yangi Neymar» bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 200

Braziliyaning «Santos» klubi hujumchisi Kayo Xorxe «Yuventus» bilan dastlabki shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqida braziliyalik jurnalist Lukas Musetti Perazolli o'zining tvitterdagi sahifasida ma'lum qilgan.
Braziliya OAVlarida «yangi Neymar» nomi bilan mashhur bo'lgan futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi shu yilning 31 dekabrida o'z nihoyasiga etadi. «Santos» ushbu muddatgacha «Yuventus» bilan transfer bo'yicha muzokaralar olib borishi mumkin, aks holda futbolchi 2022 yil boshida tekinga boshqa jamoaga qo'shilishi mumkin.
Ayni paytda, Transfermarket portali futbolchining narxini 12 million evroga baholagan.
19 yoshli futbolchi «Santos» safida 2018 yildan beri to'p tepib keladi va shu paytgacha 40 uchrashuvda maydonga tushib, 3 marta o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan.

Bosh sahifaga
195