«Yuventus» Lokatelli borasida muzokara o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

«Yuventus» «Sassuolo» futbolchisi Manuel Lokatellini sotib olish uchun klub bilan muzokara o'tkazadi, deb xabar beradi «Goal» nashri.
Xabarga ko'ra, klublar muzokara o'tkazish uchun yana uchrashishga kelishib olgan. Uchrashuv 28 yoki 29 iyul kunlari bo'lishi belgilangan.
Turinliklar yarimhimoyachini 30 million evroga sotib olish imkoniyati bilan ikki yilga ijaraga olmoqchi bo'lgan, ammo bu taklif rad etilgan. «Sassuolo» futbolchining 40 million evroga sotilishini ko'rib chiqishga tayyor.
O'tgan mavsumda Lokatelli A Seriyada 34 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan.

Bosh sahifaga
196