«Bavariya» Vernerni Germaniyaga qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

«Chelsi» hujumchisi Timo Verner Germaniyaga qaytishi mumkin. Bu haqida «Football Insider» nashri xabar bermoqda. Faqat, «Leyptsig»ga emas, balki «Bavariya»ga.
Agarda, Levandovski «nemis mashinasi»ni tark eisa, Germaniya grandi 25 yoshli futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olishi mumkin. Futbolchining «aristokratlar» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil yozigacha amal qiladi.
Transfermarket portali Timoning narxini 65 million evroga baholagan.
O'tgan mavsum Verner APLda 35 uchrashuvda maydonga tushib, 3 golga mualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
197