«Atletiko» futbolchisi «MYu»ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190

Madridning «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Saul Niges faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
«Daily Mail» nashri xabariga ko'ra, futbolchiga «Manchester Yunayted» faol tarzda qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, ingliz klubi ispaniyalik yarim himoyachining transferi uchun taxminan 45 million funt to'lashi mumkin.
Qayd etilishicha, «Yunayted» Pol Pogba yoki Matich jamoani tark etgan taqdirda, Saul transferi bo'yicha taklif bilan chiqishadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Saul «Atletiko» bilan birgalikda etti yil ichida birinchi marta Ispaniya chempioni bo'ldi.

Bosh sahifaga
196