«Inter» Lukakuga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

«Inter» o'z hujumchisi Romelu Lukakuni sotishga tayyor. Bu haqida taniqli «Tuttosport» nashri xabar bermoqda.
Milanliklar futbolchini 120 million evro evaziga qo'yib yuborishi mumkin. Lukakuning shartnomasi 2024 yilning yozigacha mo'ljallangan. Avvalroq, APLning bir qancha klublari belgiyalik futbolchi transferiga qiziqish bildirayotgandi. «Chelsi» esa sobiq futbolchisini ortga qaytarish uchun 100 million evroni Milan klubi hisobiga o'tkazib berishga tayyorligi haqida aytilgandi.
Ayni paytda transfermarket portali Romeluning narxini 100 million evroga baholagan.

Bosh sahifaga
248