«Liverpul» futbolchisi APLning boshqa klubiga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190
Angliyaning «Fulhem» klubi «Liverpul» futbolchisi Harri Uilsonni sotib oladi. Bu haqda «Sports.ru» xabar berdi.
Xabarga ko'ra, «Liverpul» 24 yoshli uelslik futbolchi uchun 14 million evro so'ragan. Tomonlar muzokarani davom ettirmoqda.
Uilson 2020/21 yilgi mavsum «Kardiff»da o'ynagan. Yarimhimoyachi 37 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
225