"Barselona" himoyachisi 4 ta nomdor klub taklifini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

"Barselona" himoyachisi o'ziga kelib tushayotgan bir qator takliflarni rad etmoqda.
"MD" nashrining ma'lum qilishicha, Kataloniya klubi frantsiyalik futbolchi Kleman Langleni sotib yuborish niyatida, biroq uning o'zi "Everton, "Arsenal", "Roma" va "Tottenxem" kabi klublardan kelib tushgan takliflarga rad javobini berdi.
Ma'lumot o'rnida, "ko'k-anorranglilar" 26 yoshli himoyachining transfer narxini 14 million evro etib belgilaganligi haqida xabarlar bor edi.

Bosh sahifaga
232