«Yuventus» «Liverpul»ning 100 million evrolik taklifini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

"Yuventus" Federiko Keza bilan xayrlashmoqchi emas.
«La Repubblica» nashri xabariga ko'ra, «Liverpul» italiyalik futbolchi uchun 100 million evro taklif qilgan, ammo
turinliklar rahbariyati muzokaralardan bosh tortgan, chunki jamoaga qaytgan Massimiliano Allegri Kezani keyingi mavsumda jamoaning asosiy o'yinchisi sifatida ko'rishini aytgan.
Oldinroq, "Chelsi" Kezaning transferi uchun boshlang'ich summa sifatida 100 million evro taklif qilgani, ammo unga ham rad javobi berilgani xabar qilingan edi.
O'tgan mavsumda yarim himoyachi A Seriyada 33 uchrashuv o'tkazdi, 9 gol urdi va 9 golga
uzatma berdi.

Bosh sahifaga
230