«Chelsi» Kimpembeni «nishonga oladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 202

«PSJ» himoyachisi Presnel Kimpembe «Chelsi» qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Bu haqida «L'Equipe» nashri xabar bermoqda. Frantsuz futbolchisi Parij klubiga Serxio Ramos o'tganidan so'ng jamoadagi o'rnini yo'qotishi mumkin. «Ko'klar» esa bundan foydalanib, futbolchining transferini amalga oshirmoqchi. Futbolchi yaqin kunlarda kelajagi borasida parijliklar rahbariyati bilan muzokara olib boradi. Agarda, londonliklar yaxshi taklif jo'natishsa, Kimpembe «aristokratlar» safiga o'tishi mumkin.

Bosh sahifaga
182