«Manchester Yunayted» «Vulverxempton» yarim himoyachisi Ruben Neveshni sotib olishi mumkin.
"TalkSport" nashrining xabariga ko'ra, portugaliyaliklar uchun kurashda «MYu» «Arsenal»dan oldinda. «Bo'rilar» 24 yoshli futbolchini 35 million funtga sotishga tayyor.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda Nevesh Premer-ligada 36ta o'yin o'tkazib, 5ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
1957-yilda “Charlton Atletik” jamoasi “Huddersfild Taun” jamoasi bilan bahs tugashiga 30 daqiqa qolganida 5-1 ko’rinishdagi hisobni 6-7 ko’rinishiga keltirib g’alaba qozongan.