"Arsenal"ning universal futbolchisini "tulkilar" o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

"Arsenal" yarim himoyachisi Ensli Meytlend-Nayls ushbu yozda London klubini tark etishi mumkin.
Xabar qilinishicha, «Lester» 23 yoshli yarim himoyachini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bir vaqtning o'zida bir nechta pozitsiyalarda o'ynay oladigan futbolchining ko'p qirraliligi "tulkilar"ni o'ziga jalb qilmoqda. Meytlend-Naylsga da'vogarlar orasida «Bernli» va «Sautgempton» jamoalari ham bor.
Eslatib o'tamiz, "transfermarkt" portali ayni damda futbolchini 16 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
230