Granit Jaka «Arsenal»ni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 203

Italiyaning «Roma» klubi «Arsenal»dan Granit Jakani sotib olishi mumkin. Bu haqda futbol Fabritsio Romano o'z Twitter sahifasida xabar berdi.
Jamoalar shveytsariyalik futbolchi transferi borasida kelishib olgan. Rim klubi «to'pchilar»ga 28 yoshli yarim himoyachi uchun rasmiy taklif bilan murojaat qilmoqchi. Futbolchining o'zi ham «Roma»ga o'tishga rozilik bergani ma'lum bo'lgan.
Ma'lumot uchun, Jaka «Arsenal» tarkibiga 2016 yilda kelib qo'shilgan. O'shandan beri 161 uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 9 bor ishg'ol qilgan.

Bosh sahifaga
225