«Milan» sardoriga APLning ikki grand klubi qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6644
Italiyaning “Milan” klubi sardori Alessio Romanoli faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, italiyalik futbolchi xizmatlariga “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublari qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, 24 yoshli futbolichni “Yuventus” klubi ham o'z safiga qo'shib olmoqchi. Futbolchining “rossonerilar” bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
175