«Shporlar» himoyani mustahkamlash niyatida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

Londonning «Tottenhem» klubi «Atalanta»ning ikki futbolchisini sotib olish bo'yicha muzokaralarga kirishgan. Bular markaziy himoyachi Kristian Romero va darvozabon Perluiji Gollini. Ushbu transferlarni amalga oshirishni klubga yangi tayinlangan sport direktori Fabio Paratichi xohlamoqda.
Paratichi ushbu yozda himoyaga kuchli e'tibor berish niyatida. «Shporlar» shuningdek, «Bolonya» klubi himoyachisi, hozirda Yaponiya terma jamoasida Olimpiya o'yinlarida qatnashishi kutilayotgan Takehiro Tomiyasuni qo'lga kiritishga yaqin turgani aytilgan edi.
Manba: 90min.com
Bosh sahifaga
190