«Milan» Koutino uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

Ispan manbalarining xabar qilishicha, «Barselona»ning braziliyalik futbolchisi Filippe Koutino munosib taklif tushsa, klubni tark etishga tayyor. Manbaning ta'kidlashicha, «Milan» braziliyalik yarim himoyachi uchun kurashga qo'shilgan.
«Ko'k-anorranglilar» Koutinoga 20 million evro miqdorida katta maosh beradi. 29 yoshli futbolchi 2020 yil dekabrida tizzasidan olgan jarohati tufayli, butun mavsum davomida «Barsa»ga yordam bera olmadi.
«Barselona» ish haqi byudjetini La Liga qoidalariga muvofiq qisqartirishni juda xohlayotgani bois, Koutino ushbu yozda jamoani tark etishi mumkin.

Bosh sahifaga
155