"Lester" "Chelsi"ning sobiq futbolchisini tekinga qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

"Sautgempton" futbolchisi Rayan Bertran faoliyatini "Lester"da davom ettiradigan bo'ldi. Bu
haqda "tulkilar" matbuot xizmati xabar bermoqda.
31 yoshli himoyachi "Sautgempton"dagi etti mavsumdan so'ng jamoani erkin agent sifatida tark
etdi va "Lester" futbolchisiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, bir paytlar Rayan Londonning "Chelsi" klubida iz qoldirgan va u Roberto Di
Matteo boshchiligida Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan.

Bosh sahifaga
142