«Barselona» «Tottenxem» futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

Kataloniyaning «Barselona» klubi «Tottenxem»ning argentinalik yarim himoyachisi Jovanni Lo Chelso xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda «Fichajes» portali xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, «Barselona» argentinalik futbolchini moliyaviy muammolarga qaramay sotib olmoqchi.
Ta'kidlanishicha, Jorjino Veynaldumning transferi muvaffaqiyatsiz tugagandan so'ng, Ronald Kuman Lo Chelsoni jamoaga taklif qilmoqchi.
Jovanni o'tgan mavsumda «Tottenxem» tarkibida 28 ta o'yin o'tkazdi. Mazkur bahslarda 5 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining London klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali xabariga ko'ra, o'yinchining taxminiy qiymati 27 million evroni tashkil qiladi.

Bosh sahifaga
161