"Sassuolo" Lokatelli o'rniga "Liverpul"dan o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

"Sassuolo" "Liverpul" yarim himoyachisi Marko Gruyichni nishonga olmoqda, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaning xabariga ko'ra, italiyaliklar 25 yoshli serbiyalikni "Yuventus"ga ketishga yaqin turgan Manuel Lokatelli o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.
Ma'lumot uchun, Gruyich o'tgan mavsumni "Portu"da ijarada o'tkazdi. Uning "Liverpul" bilan shartnomasi 2023-yilgacha mo'ljallangan.
Yarim himoyachining transfer qiymati 15 million evroga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
163