So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«PSJ» prezidenti: «2000 foiz kafolat beraman, Mbappe va Neymar jamoada qolishadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2147
«PSJ» prezidenti "PSJ" Nosir al-Helayfiy klub Killian Mbappe yoki Neymarni sotishi mumkinligi haqidagi xabarlarni to'liq inkor qildi. Avvalroq matbuotda jamoa UEFAning moliyaviy halol o'yin qoidasini buzmaslik uchun mazkur ikki yulduzdan birini sotishga majbur bo'lishi haqida xabarlar tarqalgandi.
"Yo'q, bu noto'g'ri xabar. 100 foiz, hattoki 2000 foiz kafolat beraman. Ular Parijda qolishadi. Frantsuz matbuoti go'yoki biz Neymar yoki Kilianni sotishga majbur bo'lishimiz haqida xabar tarqatdi. Ishonch bilan ayta olamanki, ular biz bilan qolishadi. Biz moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmagan holda yana yangi futbolchilarni sotib olishimiz mumkin. Bunga ishonchimiz komil. Buning uchun bizda pul etarli", — dedi Helayfiy.