«Arsenal» yaqinda 21 yoshli futbolchi transferini amalga oshiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187

Jurnalist Fabritsio Romano o'zining tvitteri sahifasida yozishicha, Bryusselning «Anderlext» klubi yarim himoyachisi Albert-Mboyo Lokonga yaqin orada Londonning «Arsenal» klubiga ko'chib o'tadi.
Manbaga xabariga ko'ra, tomonlar allaqachon shartnomani shartlarini kelishib olishgan. Ingliz klubi yarim himoyachi uchun 17,5 million evro to'laydi. Futbolchi «kanonirlar» bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi.
21 yoshli Lokonga «Anderlext» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 37 o'yin o'tkazib, uchta gol urdi va uchta golli pas berishni uddalagan.


Bosh sahifaga
163