«Inter» o'z futbolchisini qanchaga sotmoqchiligi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 191

Bir qancha manbalarning xabariga ko'ra, «Inter» o'z jamoasi himoyachisi Dalbertni sotmoqchi.
Ayni paytda 27 yoshli braziliyalikka Rossiya va Turkiya klublaridan takliflar bo'lmoqda. Ma'lum bo'lishicha, «Trabzonspor» jamoasi futbolchiga faol qiziqish bildirmoqda, ammo futbolchi hali turk jamoasiga o'tishga rozi bo'lmadi.
Qayd etilishicha, «Inter» o'z himoyachining 7 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, Transfermarket portali Dalberning narxini 4 million evroga baholagan.

Bosh sahifaga
163