So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Peres Neymar masalasida «Real» direktorlar kengashi bilan kelisha olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2872
«Real» prezidenti Florentino Peres «PSJ» hujumchisi Neymarni qo'lga kiritishni juda ham istamoqda. Ammo klub direktorlar kengashi jamoa xo'jayinini bu g'oyadan voz kechishga chaqirmoqda. Ular boshqa futbolchilarning transferiga e'tibor qaratish kerakligini uqtirishmoqda.
Shunga qaramay, "Qirollik klubi" Neymarning otasi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. U esa imzolanajak shartnoma uchun 40 million evro miqdorida mukofot puli talab qilmoqda.
Bundan tashqari, Peres «Chelsi» yarim himoyachisi Eden Azar bilan shartnoma imzolamoqchi. Avvalroq matbuotda, agar «Real» Neymar bilan kelishuvga erishsa, belgiyalik futbolchining transferidan voz kechishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi.
Faktlar:
— Neymar ushbu mavsumda "PSJ" safida 23ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol urdi va 11ta golga uzatma berdi.
— Azar esa "Chelsi" tarkibida 34ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol urdi va 10ta golga assistentlik qildi.