"Borussiya D" "Leyptsig" futbolchisiga xaridor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 215

Sport Bild xabariga ko'ra, "RB Leyptsig" yarim himoyachisi Marsel Zabittser "Borussiya D"ga o'tishi mumkin.
Dortmund klubi allaqachon yarim himoyachini sotib olishga qiziqish bildirgan. Futbolchining shartnomada ko'rsatilgan tovon puli 50 million evroni tashkil qiladi. Ammo, futbolchi va klub o'rtasidagi bitim yakunlashiga bir yil qolgan, shu sababli transfer summa biroz pasayishi mumkin.
Shuningdek, Marselga Premer-liga klublari ham qiziqish bildirgandi.

Bosh sahifaga
196