"Barselona" Grizmann borasida qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 263

«Barcelona» rahbariyati frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmannni sotishga qaror qildi, deya xabar bermoqda "Marca" nashri.
Manbaning ma'lum qilishicha, bu haqda futbolchiga bugun xabar berildi. Yaqinda "Manchester Siti" 30 yoshli forvardni o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanligi haqida mish-mishlar tarqalayotgan edi.
Eslatib o'tamiz, Antuanning o'zi "ko'k-anorranglilar" safida qolishni istamoqda.

Bosh sahifaga
185