"Volfsburg" futbolchisi uchun "Chelsi" va "Tottenxem" kurash olib boradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 182

"Volfsburg" hujumchisi Vut Vegxorst faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Xabar qilinishicha, gollandiyalik futbolchining transferiga "Chelsi" va "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda. London klublari vakillari "Volfsburg" bilan transfer borasida allaqachon aloqada bo'lishgan. Futbolchining transfer summasi taxminan 30 million evroni tashkil qilishi mumkin.
2020 yilda Vegxorst Bundesligada 37 uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol urishga erishgan.

Bosh sahifaga
159