"Milan" "Real" futbolchisini ijaraga olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104
"Real" yarim himoyachisi Isko "Milan" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Milan News nashri La Gazzetta dello Sport nashriga asoslanib xabar berishicha, "rossonerilar" 29 yoshli ispan futbolchisini bir mavsumga ijaraga olmoqchi.
Qayd etilishicha, futbolchiga yana bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda, ammo "Milan" Madrid klubi bilan yaxshi munosabatlari tufayli, ular kurashda g'alaba qozonishlariga ishonmoqda.
Isko o'tgan mavsumda La ligada 29 o'yinda maydonga tushib ikkita golli pas bergan.