«Milan» «Barselona» nishonidagi hujumchini ko'zlayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2488

Italiyaning “Milan” klubi “Renn” hujumchisi Ismail Sarrga qiziqib qoldi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, milanliklar futbolchini yozgi transfer oynasida sotib olmoqchi. Futbolchining transfer narxi taxminan 50 million evro atrofida baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Sarr uchun “Barselona” ham qiziqish bildirmoqda. U joriy mavsum 33 ta o'yinda 9 ta gol urgan va 8 ta golga assistentlik qilgan.

Bosh sahifaga
239