Ramos va "PSJ" hali kelishuvga erishmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

Goal.com portalining yozishicha, Serxio Ramos paydo bo'lgan ma'lumotlarga qaramay, "PSJ" bilan hali ham shartnoma borasida kelishuvga erishmagan. Parij klubi va 35 yoshli ispaniyalik himoyachi o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, Ramosga "Arsenal" ham qiziqmoqda. London klubi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqda.
Eslatib o'tamiz, Serxio Ramos 16 yillik faoliyatdan so'ng "Real"ni tark etdi va erkin agentga aylandi.

Bosh sahifaga
250