Evro-2020 kashfiyoti A Seriya klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

Chexiya va "Bayer" klubi hujumchisi Patrik Shik faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Tuttomercatoweb nashri xabariga ko'ra, "Milan" 25 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqda. Milanliklar Chexiya futbolchisiga Evro-2020dagi ko'rsatgan o'yinlaridan so'ng e'tibor qaratdi, u to'rtta uchrashuvda to'rtta gol urib, jamoasini musobaqaning chorak finaliga chiqishiga yordam berdi.
Xabar qilinishicha, "Bayer" rahbariyati Shik uchun 40 million evroga yaqin pul foyda ko'rmoqchi.
Shik 2020 yil sentyabridan beri "Bayer"da o'ynab kelmoqda va nemis klubi bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolagan.

Bosh sahifaga
173