Bissuma "Liverpul"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91
"Brayton" yarim himoyachisi Iv Bissuma "Liverpul"ning nishoniga tushgan, deb xabar beradi Liverpool Echo nashri.
"Qizillar" Jorjino Viynaldum o'rniga iqtidorliroq yarim himoyachi izlamoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, agar liverpulliklar futbolchi va "Brayton" jamoasi bilan kelishuvga erishsa, yaqin orada Bissuma bilan shartnoma tuzishni maqsad qilgan.
Eslatib o'tamiz, transfermarket portali futbolchining narxini 25 million evroga baholagan.