Mourino urugvaylik futbolchini "Roma"da ko'rishni istamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117
Daily Star nashrining xabar berishicha, "Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani A Seriyada faoliyatini davom ettirishi mumkin.
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino urugvaylik futbolchini sotib olishga shaxsan qiziqmoqda.
O'tgan mavsumda hujumchi "Yunayted" tarkibida 39 uchrashuvda 17 ta gol urdi.
Kavanining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil iyunigacha mo'ljallangan.