Sulsher "Bavariya" futbolchisini MYuda ko'rmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139
"Manchester Yunayted" "Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretskaning transferini amalga oshirishni maqsad qilgan, deb xabar bermoqda BILD.
Manbaning xabariga ko'ra, 26 yoshli germaniyalik futbolchining transferiga "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher qiziqish bildirmoqda.
Goretskaning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilda tugaydi, shu sababli nemis klub ham Leon bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.
Ayni paytda, Transfermarket portali futbolchining narxini 70 million evroga baholamoqda.