Reshford Sancho tranansferini tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin turibdi. "Manchester Yunayted" hujumchisi va Angliya terma jamoasi futbolchisi Markus Reshford mazkur ehtimoliy transfer haqida gapirdi.
Bir Tvitter foydalanuvchisi bugungi Reshford qo'ygan post ostiga shunday yozgan edi: "Sanchoni e'lon qiling, Markus", bunga hujumchi esa "Ha" deb javob berdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, yaqin bir necha soat ichida klublar 90 million evroni tashkil qiladigan bitimni yakunlash uchun muzokaralar olib boradi.