"Yuventus" yarimhimoyachisini "Latsio"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

Yarimhimoyachi Artur "Yuventus"dan "Latsio"ga ko'chib o'tishi mumkin. Braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash - rimliklarning yangi murabbiyi Mauritsio Sarrining tashabbusi bilan bog'liq. U rahbariyatdan Artur bilan shartnoma imzolashni so'radi.
Yaqinda "Yuventus"nining yangi bosh murabbiyi lavozimini qabul qilgan Massimiliano Allegri Arturga ishonmaydi, ammo mutaxassis "Yuventus" uzoq vaqtdan beri qiziqib kelayotgan "Latsio" yarimhimoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni jamoasida ko'rishni istaydi. Artur taxminan 60 million evroga, Milinkovich-Savich esa 70-80 millionga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
186