"Barselona" Ronalduni sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

AS nashrining xabar berishicha, "Barselona" "Yuventus"ga Krishtianu Ronaldu uchun ikki nafar futbolchisini taklif qilishga tayyor. Ma'lumotlarga ko'ra, Antuan Grizmann, Serj Roberto yoki Filippe Koutino 36 yoshli hujumchi uchun tuziladigan shartnomaga kirishi mumkin.
2022 yilning yozida Ronaldu "Yuventus" bilan shartnomasini yakunlaydi. Portugaliyalik turinliklar bilan yangi shartnoma tuzmoqchi emas, shu sababli bu yozda klub uni sotishi mumkin.
Ronaldu "Yuventus"da 2018 yildan beri o'ynab kelmoqda.

Bosh sahifaga
224