«Milan» himoyachisi Rossiya klubiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

«Milan»ning urugvaylik himoyachisi Diego Laksalt Moskvaning «Dinamo» klubiga o'tdi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzolangan.
Avvalroq, Laksaltning Moskva klubida yillik 2,5 million evro maosh olishi, «Milan» esa urugvaylik o'yinchisi uchun 3,5 million evro transfer puliga ega bo'lishi haqida xabar berilgandi.
Ma'lumot uchun, Laksalt o'tgan mavsumni ijara asosida «Seltik»da o'tkazib, Shotlandiya chempionatida 17 o'yinda bitta gol muallifiga aylangan.

Bosh sahifaga
233