"Napoli" hujumchisi Lorentso Insine "Atletiko" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Manbaning xabariga ko'ra, agar madridliklar "Udineze" yarim himoyachisi Rodrigo De Paulni sotib olmasa, Insineni o'z saflariga qo'shib olishga urinishadi.
O'tgan mavsum A seriyada 30 yoshli italiyalik 35 uchrashuv o'tkazdi, u 19 gol urdi va 7 golga uzatma berdi.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
"Milan" bilan ko‘plab yutuqlarga erishgan murabbiy Arrigo Sakki bir paytlar poyafzal sotuvchisi bo‘lgan.