Mourino xohishi amalga oshishiga oz qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 284

"Vulverxempton" darvozaboni Rui Patrisio "Roma"ga o'tishga yaqin turibdi.
Manbaning xabariga ko'ra, 33 yoshli portugaliyalik darvozabon Rim klubi bilan shartnoma borasida kelishib olgan. Ayni paytda klublar transfer shartnomasi miqdori to'g'risida kelishib olishlari kerak.
Ta'kidlanishicha, "Roma" Rui uchun 8 million evro taklif qilgan, ammo ingliz klubi 12-15 million olmoqchi.

Oldinroq Joze Mourino Patrisioni "Roma"da ko'rishni xohlayotgani haqida xabar berilgandi.

Bosh sahifaga
253