"Vilyarreal" yulduzi Madrid klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 245

Madridning «Real» klubi «Vilyarreal» himoyachisi Pau Torresni sotib olishni istamoqda, deya xabar bermoqda, "AS" nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, "qirollik klubi" 24 yoshli futbolchini diqqat bilan kuzatmoqda va uni sotib olishni rejalashtirmoqda. Shunday bo'lsada, "qaymoqranglilar" bu transferni amalga oshirishga shoshilmayapti. U uchun so'ralayotgan 50 million evro muzokaralar uchun to'siq bo'lmoqda.
Qayd etilishicha, "Real" Pauni sotib olish g'oyasiga 2022 yilda qaytadi.

Bosh sahifaga
232